» » Sukerbergning Biohub markazi tibbiy tadqiqotlar uchun birinchi 50 mln dollarni ajratdi

Sukerbergning Biohub markazi tibbiy tadqiqotlar uchun birinchi 50 mln dollarni ajratdi


Mark Sukerberg va uning rafiqasi Prissilla Chan asos solgan Biohub tibbiyot ilmiy-tadqiqot markazi sog‘liqni saqlash sohasidagi tadqiqotlar uchun birinchi 50 million dollar ajratilishini ma’lum qildi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda. 

Biohub Stenford, Berkli va San-Fransiskodagi Kaliforniya universitetlari bilan hamkorlik doirasida tashkil etilgan. Asos solinganidan beri markazga loyihalarda ishtirok etish uchun 700 ga yaqin talabnoma kelib tushdi.

Ular orasidan 47 olim tanlab olindi va 5 yil mobaynida tadqiqotlarini amalga oshirishi uchun 1,5 million dollardan ajratib berildi. 

Markaz faqat bir kasallikka e’tibor qaratib qolmaydi, mutaxassislar istalgan yo‘nalish — a’zolarni 3D printerda chop etishdan tortib to‘qimalarning paydo bo‘lishi jarayonigacha o‘rganishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Sukerberg va uning rafiqasi Prissilla o‘tgan yili sog‘liqni saqlash sohasidagi tadqiqotlar uchun 10 yil davomida 3 milliard dollar mablag‘ xayriya etishini e’lon qilgandi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (9-02-2017, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют