» » Samarqandda ham maktab, ham bog‘cha uchun ajratilgan yerda maktab qurilishi boshlandi

Samarqandda ham maktab, ham bog‘cha uchun ajratilgan yerda maktab qurilishi boshlandi


Samarqandda xato tufayli bitta yer ham maktabga, ham bog‘chaga ajratilgani, natijada tabdirkorlar orasida bahs kelib chiqqani haqida xabar berilgan edi.

O‘zAga ushbu masala yuzasidan Samarqand shahar hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Bobur Elmurodov imzosi bilan suratlar ilova qilingan xat kelib tushdi.

Xatda jumladan, shunday yoziladi:

Maqolaga javoban shuni ma’lum qilamizki, haqiqatda, Samarqand shahar hokimining 2017-yil 30-yanvardagi 114-Q-raqamli qarori bilan Oazis Samarkand mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tovon tariqasida Samarqand shahri, Amir Temur ko‘chasidagi “Yosh oilalar shaharchasi” hududidan 1350 kvadrat metr yer maydoni ajratilib, zamonaviy maktab binosi qurilishiga ruxsat berilgan.

Maqolada bayon etilgan “2012-yil mazkur hududdagi sobiq avtomobil ehtiyot qismlari bozori buzilganda shu yerda faoliyat ko‘rsatgan tadbirkorlardan biriga ushbu yer maydoni maktabgacha ta’lim muassasasi qurish uchun ajratib berilgan”i masalasi yuzasidan shuni ma’lum qilamizki, shahar hokimining 2012-yildagi qaroriga muvofiq avtomobil ehtiyot qismlari bozori hududida buzilishga tushgan savdo do‘koni o‘rniga fuqaroning arizasiga asosan “Amir Temur ko‘chasida qurilayotgan “Yosh oilalar shaharchasi” hududidan o‘z mablag‘i hisobidan bolalar bog‘chasi qurilishini loyihalashtirish uchun ajratilgan yer maydoni dalolatnomasi” tasdiqlangan. Ushbu qarorning 3-bandida “loyihalashtirish uchun ajratilgan yer maydoni dalolatnomasini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror yer maydonidan foydalanish yoki qurilish ishlarini boshlash uchun asos hisoblanmaydi”, deb belgilab qo‘yilgan.

Oazis Samarkand mas’uliyati cheklangan jamiyati tovon sifatida ajratilgan maydonda qurilish ishlarini boshlash uchun aholi noroziligi masalasi ham atroflicha o‘rganib chiqildi.

Samarqand shahar hokimi Furqat Rahimov 2018-yil 28-may kuni soat 17:00 da tegishli mutasaddilar bilan birga qurilish belgilangan joyga borib, aholi hamda tadbirkor bilan suhbatlashdi. Aholining roziligi olingach, 2018-yil 29-may kuni tovon sifatida ajratilgan 1350 kvadrat metr yer maydonida Oazis Samarkand mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan qurilish ishlari boshlandi.

Oazis Samarkand mas’uliyati cheklangan jamiyati yuristi F.Shukrullayev ham Samarqand shahar hokimi Furqat Rahimov masalani joyida borib o‘rgangani va aholi bilan suhbatlashib, muammo ijobiy yechim topganini qayd etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-06-2018, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют