» » Abdulfattoh as-Sisiy Misr prezident vakolatlarini bajarishga kirishdi

Abdulfattoh as-Sisiy Misr prezident vakolatlarini bajarishga kirishdi


Abdulfattoh as-Sisiy Misr prezidenti vakolatlarini bajarishga kirishdi. U Qohiradagi Misr parlamenti binosida o‘tgan tantanali marosimda mamlakat prezidenti sifatida qasamyod qildi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

Qasamyod matniga ko‘ra, Misr davlat rahbari respublika tuzumini saqlashi, konstitutsiya va qonunlarni hurmat qilishi, xalq manfaatlari haqida to‘liq qayg‘urishi, mamlakat mustaqilligi, uning daxlsizligi va hududiy yaxlitligini muhofaza qilishi shart.

Abdulfattoh as-Sisi prezident saylovida 97,08 foiz ovoz bilan yaqqol g‘alabaga erishgan edi. Saylov prezident tanlagan taraqqiyot yo‘li xalq tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini namoyish etadi, deb taxmin qilingan edi, biroq kutilmaganda saylovda ko‘pchilik saylovchilar qatnashmadi.

Ma’lumot uchun, Abdulfattoh as-Sisiy ikkinchi to‘rt yillik muddatga Misr prezidenti etib saylangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-06-2018, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют