» » Qo‘shko‘pirdagi elektr va gaz ta’minotidagi muammolar tadbirkorlarning samarali faoliyatiga to‘siq bo‘lmoqda

Qo‘shko‘pirdagi elektr va gaz ta’minotidagi muammolar tadbirkorlarning samarali faoliyatiga to‘siq bo‘lmoqda


2017-yil 6-fevral kuni xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashining sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Tuman Kengashi deputatlari tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yanada yaxshilash, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlash borasida tumanda olib borilayotgan ishlar holatini muhokama qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Selektor tarzida o‘tkazilgan yig‘ilishda Xorazm viloyatidan saylangan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Senat a’zolari, viloyat va tumanning mutasaddi rahbarlari, tumandagi bir qator xo‘jalik yurituvchi subyektlar, nodavlat tashkilotlari, tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari tomonidan tumandagi ijro hokimiyati, huquqni muhofaza qilish organlarining, shuningdek xizmat ko‘rsatish idoralarining o‘z zimmalariga yuklatilgan vazifalarni qay darajada ado etayotganligi tuman aholisi bilan o‘tkazilgan bevosita muloqotlar chog‘ida o‘rganish natijalari tanqidiy ruhda batafsil ko‘rib chiqildi.

Tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yanada yaxshilash borasida bir qator tashkiliy va amaliy ishlar amalga oshirilgan. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2017-yil 1-yanvar holatiga tumanda tadbirkorlik subyektlarining soni 120,5 foizga, shu jumladan, oilaviy tadbirkorlar soni 130,5 foizga o‘sgan. Tijorat banklari tomonidan ishbilarmonlarga kredit mablag‘larini ajratilishiga ham e’tibor kuchaytirilgan. Tuman prokuraturasi tomonidan tadbirkorlik subyektlari huquqlarining buzilishiga yo‘l qo‘ygan, tadbirkorlarga davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini buzgan aybdor shaxslarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilmoqda. Jumladan, davlat soliq idoralarining 12 nafar xodimiga nisbatan intizomiy, uch nafar xodimiga nisbatan esa ma’muriy jazo choralari qo‘llanilgan. Shu bilan bir qatorda o‘rganish natijalari tumanda hali o‘z yechimini kutayotgan bir qator muammolar ham mavjudligini ko‘rsatmoqda.

Tadbirkorlik subyektlarining yer ajratish bo‘yicha murojaatlarini ko‘rib chiqish muddatlari asossiz buzilayotganligi, ularning faoliyatini samarali tashkil etishda elektr va gaz ta’minotidagi muammolar hamon to‘siq bo‘layotganligi kuzatilmoqda. Aholi bandligini ta’minlash borasida tumandagi mutasaddi idoralar ishining samaradorligi ko‘ngildagidek emas.

Tumanda bor-yo‘g‘i 1817 nafar maktabgacha yoshdagi bolalar yoki jami bolalarning o‘n foizi maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrab olingan. Bu ishga mutasaddi bo‘lgan idoralar rahbarlarining loqaydligi tanqid ostiga olindi. Shuningdek, tumanda aholiga savdo va maishiy, kommunal xizmat ko‘rsatish darajasi ham zamon talablaridan orqada qolmoqda. Bunday holatlar gaz ta’minotida ham mavjud.

Xalq deputatlari tuman Kengashi, uning doimiy komissiyalari faoliyatiga tanqidiy baho berildi. Jumladan, sessiya yig‘ilishlari tizimli o‘tkazilmayotganligi, unda masalalar yuzaki muhokama qilinayotganligi, deputatlar o‘z faolligini yanada oshirishlari lozimligi alohida ta’kidlandi.

Sessiyada muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (9-02-2017, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют