» » Xo‘jaylidagi “Mehribonlik uyi”ga avtobus topshirildi

Xo‘jaylidagi “Mehribonlik uyi”ga avtobus topshirildi


Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Xo‘jayli tumanidagi “Mehribonlik uyi”ga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan Isuzu avtobusi topshirildi. Bu haqda O‘zA muxbiri Yesimxan Qanoatov xabar berdi.

— Bolalar bayramiga bag‘ishlanib respublika miqyosida “Har bir bolaga mehr, e’tibor” shiori ostida o‘tkazilgan tadbirlar doirasida avtobusning berilishi bolajonlar uchun haqiqiy bayram sovg‘asi bo‘ldi, — deydi Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi vaziri Amanjol Ayapov. — Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan berilgan 275 million so‘mlik Isuzu avtobusi tarbiyalanuvchilarini turli sayohatlarga olib borishda qo‘l keladi.

Qoraqalpog‘iston Xalq ta’limi vazirligi va “Ekosan” tashkiloti tomonidan mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga kiyim-kechaklardan iborat sovg‘alar taqdim etildi.

Ma’lumot uchun, Mehribonlik uyida 145 nafar bola tarbiyalanmoqda. 16 to‘garaklar tarbiyalanuvchilar ixtiyorida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2018, 07:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют