» » Dunyodagi eng issiq kiyim qanaqa bo‘ladi?

Dunyodagi eng issiq kiyim qanaqa bo‘ladi?


Qishning eng sovuq kunlarida qavat-qavat kiyimlar ham isitmaydi. Shimolda yashovchilar bunday sovuqqa qanday chidaydi va qaysi issiq kiyimlardan foydalanadi? Biz bu maqolamizda dunyodagi eng issiq kiyim to‘g‘risida aytmoqchimiz.

Shimolning qahraton sovug‘idan omon qolish maqsadida odamlar bunday sovuqqa dosh beradigan kiyimni ham o‘ylab topdi. Shimoliy qutbda yashovchilar hayvonlar terisidan tikilgan kiyimlar yordamida qahraton qishning izg‘irinli sovug‘ini yengishga muvaffaq bo‘ldi.

Kanadada yashovchi eskimoslarning an’anaviy kiyimi bir-birining ustidan kiyiladigan ikki mo‘ynali kostyumdan iborat. Ustki kostyumning mo‘ynasi tashqariga, ichki kostyumniki esa ichkariga qilib tikilgan. Har bir kostyum kapyushonli parka, shim, etik va qo‘lqopdan tashkil topgan. Shunday qilib, ikki qavatli mo‘ynali kostyum butun tanani boshdan oyoq sovuqdan himoya qiladi.

Eskimoslar belbog‘ taqmaydi, shuning uchun ikkala parka ham erkin osilib turadi. Bu esa havo aylanishini ta’minlaydi. Etiklar bug‘u terisidan mo‘ynasi tashqariga qaratib tikiladi.

Bug‘u terisidan tikilgan kiyimning yana bir foydali xususiyati shundaki, agar ovchi tasodifan muz ostiga tushib ketsa tanani uzoq vaqt suv yuzasida ushlab turishga yordam beradi.

Опубликовано: admin (9-02-2017, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют