» » Toshkentda Markaziy Osiyo xalqaro ekologiya forumi bo‘lib o‘tadi

Toshkentda Markaziy Osiyo xalqaro ekologiya forumi bo‘lib o‘tadi


5–8-iyun kunlari Toshkent shahrida “Atrof-muhitni himoyalash va barqaror rivojlanish borasida hamkorlikni mustahkamlash” mavzuida Markaziy Osiyo xalqaro ekologiya forumi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

5-iyun — Jahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuniga bag‘ishlangan ushbu forum O‘zbekiston hukumati, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologiya markazi hamkorligida tashkil etilmoqda.

Forumni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad mintaqani barqaror rivojlantirish strategiyasini birgalikda shakllantirish va bu jarayonda davlat, xalqaro tashkilotlar, ilmiy doiralar, fuqarolik jamiyati va biznes o‘rtasida muloqotni mustahkamlashga ko‘maklashishdan iboratdir.

“MOXEF–2018” tadbirining rasmiy ochilish marosimi 5-iyun kuni Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida o‘tkaziladi. Unda Markaziy Osiyo va Afg‘onistonning ekologiya bo‘yicha idoralari, xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlar vakillari hamda forum tashkilotchilari ishtirok etadi.

Ekologiya forumi doirasida bir qancha tadbirlar, jumladan, ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma va ekologik toza texnologiyalar biznes-forumi ham bo‘lib o‘tadi. Ko‘rgazmada O‘zbekiston, Rossiya, Germaniya, Italiya, Xitoy, Fransiya, Janubiy Koreya, Armaniston, Vengriya, Chexiya, Latviya va Shveysariyadan 40 dan ortiq ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarini namoyish etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2018, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют