» » Germaniyalik siyosatchining Gitler haqidagi so‘zlari mojaro keltirib chiqardi

Germaniyalik siyosatchining Gitler haqidagi so‘zlari mojaro keltirib chiqardi


“Germaniya uchun muqobil yo‘l” o‘ng partiyasi yetakchisi Aleksandr Gauland Tyuringiyadagi konferensiyada Gitler haqidagi izohlaridan so‘ng natsizm jinoyatini kamaytirib ko‘rsatishda ayblandi. Bu haqda Bild gazetasi xabar bermoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.

Gauland Gitler va natsistlar muvaffaqiyatli Germaniyaning ming yillikdan ortiq tarixida “qora dog‘cha” ekanligini ma’lum qildi. Bu bilan u Germaniya qolgan davrlarda buyuk davlat bo‘lganligini nazarda tutdi.

“To‘g‘ri, 12 yil uchun javobgarligimizni tan olamiz… Biroq biz 12 yildan ortiq davom etgan ajoyib tarixga egamiz”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Gaulandning so‘zlarini ko‘pchilik juda salbiy qabul qildi.

“Ikkinchi jahon urushi, xolokost davrida, ommaviy urush davrida ellik million kishi halok bo‘ldi, buni qora dog‘cha deb atash — bu qurbonlar yuziga zarba, Germaniya uchun yuz bergan narsalarni shunchalik kamaytirib ko‘rsatish”, — deydi Germaniya Xristian-demokratlar ittifoqi bosh kotibi Annegret Kramp-Karrenbauer.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ham bu izohdan g‘azablandi.

“Agar u natsistdek ko‘rinsa, natsistdek gapirsa va o‘zini natsistdek tutsa, demak u natsist”, — deb yozadi Gauland haqida R. Astlos.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2018, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют