» » Aleksey Lixachyov: O‘zbekistonda atom elektr stansiyasini o‘zimiz uchun qurgandek quramiz

Aleksey Lixachyov: O‘zbekistonda atom elektr stansiyasini o‘zimiz uchun qurgandek quramiz


O‘zbekistonda atom elektr stansiyasi qurilishi mahalliy korxonalar uchun qo‘shimcha buyurtmalar beradi va minglab ishchi o‘rinlari yaratadi. Bu haqda “Rosatom” korporatsiyasi direktori Aleksey Lixachyov ma’lum qildi, deya xabar beradi Sputnik.

“Mazkur loyihaning iqtisodiy hisob-kitoblari, natijalari bor. Bu 2,5 gigavatt elektr generatsiyasi. Bu o‘zbek korxonalarida buyurtmlarning joylashtirilishi. Bu ushbu soha uchun yuzlab, keyinchalik minglab yosh mutaxassislarning tayyorlanishi. AES qurilishi odamlarning turmush tarzi sifatini oshiradi. Davlatga to‘lanadigan milliardlab soliqni ham e’tibordan qochirmaslik kerak”, — dedi Lixachyov.

“Rosatom” korporatsiyasi direktori loyihani amalga oshirishning yuqori darajasini ham qayd etib o‘tdi.

“Biz atom elektr stansiyasini birgalikda bunyod etаmiz. Xuddi o‘zimiz uchun qurgandek quramiz”, — ta’kidladi “Rosatom” direktori.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq O‘zbekistondagi birinchi AES Navoiy viloyatida qurilishi mumkinligi bildirilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2018, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют