» » Qaysi tashkilotda ishlovchi xodimlar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinadi?

Qaysi tashkilotda ishlovchi xodimlar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinadi?


Hukumat qarori bilan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat organlari va boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxati tasdiqlangan. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanaliga ma’lumot joylandi.

Ushbu ro‘yxatga 65 ta davlat tashkiloti kiritilgan, xususan:

Izoh: 1, 2 va 3-bandlarda ko‘rsatilgan davlat hokimiyati organlari (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi) apparatlari xodimlarini Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risidagi iltimosnoma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchilari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Ishlar boshqaruvchisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi va Qonunchilik palatasi Spikeri (ular joyida bo‘lmaganda — ularning o‘rinbosarlari), shuningdek tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatining boshqaruvchisi tomonidan imzolanadi.

* 7, 8, 23 va 26-bandlarda ko‘rsatilgan davlat hokimiyati organlari apparatlari xodimlarini Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risidagi iltimosnoma tegishli ravishda ushbu organlar rahbarlarining o‘rinbosarlari tomonidan ham imzolanadi.

16, 27, 36, 39, 42-bandlarda ko‘rsatilgan tashkilotlarning nomlari o‘zgarganligi munosabati bilan hozirda mazkur ro‘yxatga o‘zgartirish kiritilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2018, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют