» » Rossiyada futbol bo‘yicha jahon chempionati o‘tkaziladigan shaharlarda chet el fuqarolarini ro‘yxatga olish muddati 3 sutkagacha oshirildi

Rossiyada futbol bo‘yicha jahon chempionati o‘tkaziladigan shaharlarda chet el fuqarolarini ro‘yxatga olish muddati 3 sutkagacha oshirildi


Rossiya Federatsiyasi Prezidentining 2018-yil 12-maydagi 214-sonli qaroriga muvofiq, futbol bo‘yicha jahon chempionati o‘tkaziladigan paytda, ya’ni 2018-yilning 25-mayidan 25-iyuligacha bo‘lgan davrda, chet el fuqarolari va fuqaroligi yo‘q shaxslarni ro‘yxatga olish muddati 1 sutkadan 3 sutkaga oshirildi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy saytida xabar berildi.

Bundan tashqari, ro‘yxatga olish tartibiga yana bir o‘zgartirish kiritildi. Ilgari 2018-yil 25-mayidan 25-iyuligacha bo‘lgan davrda chempionat o‘tkaziladigan shaharlardan biriga kelgan xorijliklar yoki Rossiya fuqarolari faqatgina ichki ishlar bo‘linmalarida (IIB) ro‘yxatda turishi lozim bo‘lgan bo‘lsa, endilikda IIB yoki “Mening hujjatlarim” (“Moi dokumenti”) ko‘p funksiyali markazlarida (KFM) ro‘yxatdan o‘tishi mumkin bo‘ladi.

Mazkur qaror Rossiyada vaqtincha yashashga ruxsatnoma yoki yashash guvohnomasiga egaligidan qat’i nazar, barcha xorijliklarga ta’lluqlidir. Ushbu tartib faqat futbol bo‘yicha 2018-yilgi jahon chempionati o‘yinlari bo‘lib o‘tadigan 11 ta shaharga borishdagina dolzarb. Ushbu shaharlar quyidagilar: Moskva, Sankt-Peterburg, Volgograd, Samara, Sochi, Saransk, Kaliningrad, Nijniy Novgorod, Rostov-Don, Qozon va Yekaterinburg.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2018, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют