» » Rossiya telekanali Kim Chen Inning yuziga tabassum “chizib qo‘ydi”

Rossiya telekanali Kim Chen Inning yuziga tabassum “chizib qo‘ydi”


“Rossiya-1” telekanalining “Vesti nedeli” axborot-tahliliy ko‘rsatuvida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan qo‘l siqishayotgan Kim Chen Inni tabassum qilgan holatda ko‘rsatishdi, deb yozadi “Ura.ru”.

Ammo asl fotosuratda Shimoliy Koreya yetakchisi jiddiy yuz bilan aks etgan. Surat fotoredaktorda qayta ishlanganiga birinchi bo‘lib ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari e’tibor qaratdi. Biroq jurnalistlar bunday ishga qo‘l urishi mumkinligiga ko‘pchilik ishonqiramadi.

Eslatib o‘tamiz, 31-may kuni Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Pxenyanda Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In bilan uchrashdi. Lavrov shu kunning o‘zidayoq Shimoliy Koreyaga uyushtirgan rasmiy tashrifini yakunlagan. U KXDRdagi hamkasblari bilan Koreya yarimorolidagi vaziyatni muhokama qilgani aytilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2018, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют