» » O‘zbekistonda mototsikllar ishlab chiqarish bo‘yicha bir yo‘la ikkita zavod ishga tushiriladi

O‘zbekistonda mototsikllar ishlab chiqarish bo‘yicha bir yo‘la ikkita zavod ishga tushiriladi


O‘zbekistonda Xitoy va Hindistonning yetakchi ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlikda mototsikl texnikasini chiqarish bo‘yicha bir yo‘la ikkita zavodni ishga tushirish rejalashtirilmoqda, deb yozadi Sputnik.

“Namangan viloyatida Xitoyning Lifan kompaniyasi bilan yangi korxona ochiladi. U yerda skuter, mototsikl va uch g‘ildirakli yuk motorollerlari ishlab chiqariladi… Zavodni Norin mexanika zavodi bazasida yil oxirigacha ishga tushirishni rejalashtirmoqdamiz”, — dedi “O‘zavtosanoat” rahbari Umidjon Salimov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston tomoni eski xatolarini takrorlamoqchi emas, shu sababli ushbu segmentda raqobatni rivojlantiradi. Shu maqsadda, dedi u, “O‘zavtosanoat” bunday loyihadan yana bittasini Hindistonning Bajaj kompaniyasi bilan hamkorlikda ishga tushiradi.

“Navoiyda Hindiston bozorining yetakchilaridan biri — Bajaj bilan zavodni ishga tushirish ustida ishlayapmiz. Biz ular bilan muzokaralar olib boryapmiz”, — dedi Salimov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2018, 10:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют