» » Sharof Rashidov tumanidagi qishloqda yangilangan loyiha asosida qurilgan arzon uylar foydalanishga topshirildi

Sharof Rashidov tumanidagi qishloqda yangilangan loyiha asosida qurilgan arzon uylar foydalanishga topshirildi


Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumani Uchtepa qishlog‘ida yangilangan namunaviy loyihalar asosida barpo etilgan yangi uylar foydalanishga topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, barpo etilgan har biri 16 xonadonli 2 ta ikki qavatli va 10 xonadonga mo‘ljallangan 2, 3 xonali, 2 sotix tomorqa va yordamchi inshootlariga ega bitta bir qavatli uyda 42 ta oilaning yashashi uchun barcha qulaylik yaratilgan.

Yangi uylar qishloq fuqarolar yig‘ini kengashi tavsiyasi bilan birinchi navbatda turar joyga ehtiyojmand yosh oilalarga berildi. “Uylar yosh oilalarga manzur bo‘lmoqda”, — deyiladi O‘zA axborotida.

2017-yilda viloyatda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha 908 uy-joy qurilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, Jizzax shahrida 210 xonadonga mo‘ljallangan 5 ta 7 qavatli uy, 2 ta “Kamolot” uyi bunyod etiladi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (9-02-2017, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют