» » Toshkentdagi Real Madrid Foundation dasturining ochilish marosimidan fotogalereya

Toshkentdagi Real Madrid Foundation dasturining ochilish marosimidan fotogalereya


Avval xabar berilganidek, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va Madridning “Real” jamoasi akademiyasi o‘rtasidagi kelishuvga asosan O‘zbekistonda Real Madrid Foundation Clinic dasturini ishga tushirish bo‘yicha harakatlar boshlangandi.

Ayni damda mazkur dasturga asosan “Qirollik klubi”ning 3 nafar murabbiyi — Karlos Albert, Manuel Aguado Xil va Ektor Visente Toshkentda bo‘lib turibdi.

Kecha, 3-iyun sanasida ispaniyalik mehmonlar ishtirokida “Bunyodkor” stadionida Real Madrid Foundation Clinic dasturining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumot uchun “Real Madrid” akademiyasi murabbiylari O‘zbekistonda 16-iyun kuniga qadar bo‘lib, turli amaliy tadbirlar o‘tkazadi. Tadbirlar davomida bolalar bilan turli master klasslar, nazorat uchrashuvlari, “Summer cup” turniri va boshqa musobaqalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

“Daryo” ushbu marosimdan fotosuratlarni taqdim etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2018, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 70) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют