» » Samarqand viloyatida “Targ‘ibot avtokarvoni” tashkil etildi

Samarqand viloyatida “Targ‘ibot avtokarvoni” tashkil etildi


Samarqand viloyatida IIB YHXB tomonidan “Targ‘ibot avtokarvoni” tashkil etildi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB YHXB matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

“Targ‘ibot avtokarvoni” bolalar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalarini kamaytirish hamda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida har yili an’anaviy tarzda tashkil etiladi.

Tadbirda yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari bilan birgalikda ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalari vakillari ishtirok etdi.

Avtokarvonning harakat yo‘nalishlari belgilanib, xavfsizlikni ta’minlash choralari ko‘rildi. Avtokarvon aholi ko‘p to‘planadigan joylar, madaniyat va istirohot bog‘lari, maktablar va mahallalarda bo‘lib, tashviqot ishlari olib borildi.

Ma’lumot uchun 2018-yilning o‘tgan davri mobaynida Samarqand viloyatida bolalar ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalarining soni avvalgi yilning shu davriga nisbatan 10 taga kamaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2018, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют