» » Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligining 600 dollar pora olgan xodimi jinoyat ustida ushlandi

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligining 600 dollar pora olgan xodimi jinoyat ustida ushlandi


Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligining voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyasi mas’ul kotibi uy-joy masalasini hal qilish uchun pul talab qilganda ushlandi. Bu haqda Samarqand viloyat IIB matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Gulchehra Qurbonova o‘zi yashab turgan uyi hamda singlisi va qizining xonadonlariga egalik huquqini olish uchun Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligiga murojaat qilgan. V.Z. o‘zini uy-joy masalasi bo‘yicha mas’ul ekanini aytib, sud orqali egalik huquqini berish evaziga har bir xonadon uchun 200 AQSh dollari so‘ragan. 2018-yil 29-may kuni Gulchehra Qurbonova IIBga murojaat qilgan.

Arizaga asosan shu kuni Samarqand viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi hamda IJQK departamentining Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyasi mas’ul kotibi V.Z. xizmat xonasida G.Qurbonovadan 600 AQSh dollari olgan vaqtida ushlangan.

IJQK departamentining Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2018, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют