» » Samarqandda nafaqa tayinlashda 3 yil staj qo‘shib berish evaziga 200 dollar so‘ragan shaxs jinoyat ustida qo‘lga olindi

Samarqandda nafaqa tayinlashda 3 yil staj qo‘shib berish evaziga 200 dollar so‘ragan shaxs jinoyat ustida qo‘lga olindi


Samarqand viloyatida nafaqa tayinlash bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish hamda 3 yil mehnat stajini qo‘shib yozib berish evaziga 200 AQSh dollari talab qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Samarqand viloyat IIB matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

2018-yil 13-may kuni N.Xalilova onasi R.O.Normatovaga Samarqand shahar budjetidan tashqari pensiya jamg‘armasi bo‘limi xodimi S.S.Yo‘ldosheva nafaqa hujjatlarini rasmiylashtirishda 3 yil mehnat stajini qo‘shib yozib berish evaziga 200 AQSh dollari berishini talab qilganini IIBga ma’lum qilgan.

Arizaga asosan shu kuni Samarqand viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi hamda SVOJDLQK departamentining Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi. Samarqand shahar budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi bo‘limi pensiya va nafaqalarni tayinlash guruhi 1-toifali inspektori S.S.Yo‘ldosheva? ?xizmat xonasida N.Xalilovadan 200 AQSh dollari olgan vaqtida ushlangan.

2018-yil 19-may kuni IJQK departamentining Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan S.S.Yo‘ldoshevaga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismiga asosan jinoyat ishi ochilib, tergov olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2018, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 52) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют