» » JCh—2018. Germaniyaning yakuniy tarkibi e’lon qilindi. Lyov APLda javlon urgan Leroy Saneni tarkibga kiritmadi

JCh—2018. Germaniyaning yakuniy tarkibi e’lon qilindi. Lyov APLda javlon urgan Leroy Saneni tarkibga kiritmadi


Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov o‘z jamoasining JCh—2018 uchun yakuniy tarkibini e’lon qildi.

Yakuniy tarkibdan darvozabon Berndt Leno, himoyachi Jonatan Ta, shuningdek, yarim himoyachilar Leroy Sane va Nils Petersen tushib qoldi.

Jamoaga Manuel Noyer sardor bo‘ldi.

Rossiyadagi mundialda Germaniya terma jamoasi Meksika, Shvetsiya va Janubiy Koreya bilan guruhdan chiqish uchun kurash olib boradi.

Darvozabonlar: Manuel Noyer (“Bavariya”), Mark-Andre ter Stegen (“Barselona”), Kevin Trapp (PSJ);

Himochilar: Jerom Boateng, Mats Hummels, Niklas Zyule, Yozua Kimmix (barchasi – “Bavariya”), Mattias Ginter (“Borussiya” Myunxengladbax), Yonas Hektor (“Kyoln”), Marvin Plattenhardt (“Herta”), Antonio Ryudiger (“Chelsi”);

Yarimhmoyachilar: Yulian Brandt (“Bayer”), Yulian Draksler (PSJ), Ilkay Gundo‘g‘an (“Manchester Siti”), Sami Xedira (“Yuventus”), Toni Kroos (“Real”), Leon Goretska, Sebastyan Rudi (ikkisi – “Bavariya”), Mesut O‘zil (“Arsenal”);

Hujumchilar: Mario Gomes (“Shtutgart”), Marko Roys (“Borussiya” Dortmund), Tomas Myuller (“Bavariya”), Timo Verner (“RB Leypsig”).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2018, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют