» » Samarqandda 150 o‘rinli maktabgacha ta’lim muassasasi foydalanishga topshirildi

Samarqandda 150 o‘rinli maktabgacha ta’lim muassasasi foydalanishga topshirildi


Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida 51-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi IIB tashabbusi bilan qaytadan rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Rekonstruksiya ishlari viloyat IIB hamda mahalliy hokimiyat tomonidan hashar yo‘li bilan amalga oshirildi.

Dastlab MTMda 60 nafar bola tarbiyalangan bo‘lsa, kapital ta’mirlashdan so‘ng 150 nafar bola qabul qilinadi. Ochilish marosimida viloyat hokimi Turobjon Jo‘rayev hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyalanuvchilar uchun zamonaviy oshxona, sport maydonchasi, kutubxona, yozgi ayvonchalar hamda 150 o‘rinli yozgi sahna maydonchasi qurildi. MTM zamonaviy yumshoq mebel hamda o‘yinchoqlar bilan to‘liq ta’minlandi.

Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida barcha xonalar zamonaviy raqamli videokuzatuv hamda qayd etish kameralari bilan jihozlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2018, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 47) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют