» » Har bir shahardagi kochalardan biriga Islom Karimov nomi berilishi lozim!. Ijtimoiy fikr Birinchi Prezident xotirasini abadiylashtirish boyicha aholi fikrini organdi

Har bir shahardagi kochalardan biriga Islom Karimov nomi berilishi lozim!. Ijtimoiy fikr Birinchi Prezident xotirasini abadiylashtirish boyicha aholi fikrini organdi


Ijtimoiy fikr jamoatchilik fikrini organish markazi tomonidan Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abduganiyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish togrisidagi qarori asosida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqidagi ijtimoiy fikrni bilish maqsadida ekspress-sorov otkazildi.

Uch kun mobaynida olib borilgan tadqiqotda Toshkent shahri aholisi ishtirok etdi. Ekspress-sorov fuqarolarning ushbu hujjat mazmunidan yuqori darajada boxabar ekanligini namoyon qilgan. Jumladan, unda qatnashganlarning 72,3 foizi qarorning maqsadi hamda mohiyatini yaxshi anglaydi. 26,5 foizi umumiy manosini tushunishini aytib otgan.

Tadqiqotga qaraganda, qaror mazmuni haqida malumot yetkazgan asosiy manbalar Milliy teleradiokompaniya telekorsatuvlaridir. Respondentlarning har uchinchisi bu haqda respublika radiostansiyalarini tinglab bilgan. Sorovning har tortinchi qatnashchisi esa mamlakat rahbariyati qabul qilayotgan barcha yangi hujjatlar hamda qarorlar xususida davriy nashrlar, qariyb yana shunchasi internet-portallar orqali oqib borayotganini qayd etgan.

Tadqiqotda respondentlarning 97,1 foizi Shavkat Mirziyoyevning Birinchi Prezident xotirasini abadiylashtirish tashabbusini toliq qollab-quvvatlashi va unga qoshilishini etirof etgan.

Fuqarolar Birinchi Prezident tavallud topgan sana 30 yanvar kunini har yili keng nishonlash, 2 sentyabr sanasini Xotira kuni sifatida yod etish, oliy oquv yurtlari talabalari uchun Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyasini joriy qilish, Islom Karimovning hayoti va faoliyati haqida ilmiy hamda badiiy asarlar, hujjatli va badiiy filmlar yaratish haqidagi tashabbuslarni qollab-quvvatlagani sorov natijalarida oz inikosini topdi.

Respondentlardan Birinchi Prezident xotirasini abadiylashtirish maqsadida amalga oshirish mumkin bolgan takliflar xususida ham soraldi. Javob berildiki, har bir shahardagi kochalardan biriga Islom Karimov nomi berilishi lozim. Ishtirokchilarning uchdan bir qismi esa eng yaxshi tadbirkor va fermer uchun Birinchi Prezident nomidagi maxsus grant tasis etilishini taklif qildi. Oz navbatida, Islom Karimov hayoti, davlat boshqaruvidagi faoliyati Vatan farovonligi yolida organiladigan oquv kursini tashkil etish boyicha fikrlar bildirildi.

Bundan tashqari, sorov qatnashchilari Birinchi Prezident nomidagi mukofot tasis etilib, u Islom Karimov tashabbusi bilan asos solingan Sharq taronalari musiqa festivali doirasida topshirilsa, ayni muddao bolishini aytishdi. Respondentlar sport, ayniqsa, uch bosqichli Umid nihollari, Barkamol avlod va Universiada musobaqalarida muvaffaqiyatlarga erishgan yoshlar uchun Islom Karimov nomidagi mukofotni tasis etishni taklif qildi.

Diqqat, diqqat! Daryoning Telegramdagi rasmiy kanali Toshqin Daryo (@toshqindaryo)ga obuna bolib, yangiliklardan ovozli korinishda bahramand bolishingiz mumkin.

: admin (9-02-2017, 20:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
:
-
:
20 ... -