» » Namanganda “Gul bayrami” g‘oliblariga Spark taqdim etildi (foto)

Namanganda “Gul bayrami” g‘oliblariga Spark taqdim etildi (foto)


Namanganda Bobur nomli madaniyat va istirohat bog‘ida o‘tkazilgan 58-an’anaviy “Gul bayrami” g‘oliblari va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Bu yilgi bayram ilk bor bir hafta davom etdi. Unda nafaqat namanganliklar va viloyat mehmonlari, balki 10 dan ortiq chet davlatdan kelgan martabali vakillar va sayyohlar ham ishtirok etdi.

“Gul bayrami”ning oliy o‘rin sohiblari uchun ikkita Spark ajratildi. Avtomobillar gulchi Mirzohid Xolmirzayev hamda “Namangan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” jamoasiga nasib etdi.

Birinchi o‘rinni egallagan gulchi Azizbek Mamajonov va viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi, ikkinchi o‘rinda qayd etilgan Sadriddin Qodirov va Namangan shahar xalq ta’limi bo‘limi, uchinchi o‘rinni band qilgan Jo‘raxon Mo‘minov va Namangan muhandislik-qurilish instituti jamoalari diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Taqdirlash marosimida O‘zbekiston xalq artistlari Abduhoshim Ismoilov va Zulayho Boyxonova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Mehri Abdullayeva, Yahyobek Mo‘minov, Samandar Xamroqulov, “Nihol” davlat mukofoti sovrindorlari Malika Egamberdiyeva, Gulasal Abdullayeva, xonandalar Otabek Muhammadzohid, Munisa Rizayeva, Qilichbek Madaliyev kuy-qo‘shiqlari bilan ishtirok etdi.

Bobur nomli bog‘dagi gul sayllari davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2018, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют