» » Namangan shahrida kollej o‘quvchisi o‘limi bilan yakunlangan YTH sodir bo‘ldi

Namangan shahrida kollej o‘quvchisi o‘limi bilan yakunlangan YTH sodir bo‘ldi


Namangan shahrida joriy yil 30-may kuni kollej o‘quvchisi o‘limi bilan yakunlangan YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Shu kuni soat 23:30 atrofida shahardagi kollejlardan birining o‘quvchisi, Namangan shahri, Mingchinor mahallasida yashagan, 2000-yilda tug‘ilgan Sh.S. Spark avtomobilini Islom Karimov ko‘chasida hujjatlarsiz haydab ketayotib, yuqori tezlikda boshqaruvni uddalay olmay, beton to‘siqqa urilib, yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketadi.

Bu yerda Uychi tumani, Yorqo‘rg‘on mahallasida yashovchi, 1989-yilda tug‘ilgan A.J. boshqaruvidagi Spark avtomobili bilan to‘qnashadi.

Mazkur hodisa oqibatida Sh. S. voqea joyida halok bo‘ldi. Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2018, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют