» » Keles postida 14 million so‘mlik kumush taqinchoqlarni noqonuniy tarzda olib kirish holati fosh qilindi

Keles postida 14 million so‘mlik kumush taqinchoqlarni noqonuniy tarzda olib kirish holati fosh qilindi


Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Keles posti xodimlari zargarlik va attorlik buyumlarini noqonuniy olib kirish holatini fosh qildi. Bu haqda Toshkent shahar bojxona boshqarmasi axborot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Olmaota-Nukus yo‘nalishi bo‘ylab kelgan poyezd yo‘lovchilaridan biri bojxona xodimining og‘zaki so‘rovi paytida va bojxona deklaratsiyasida ma’lum qilmay kumushdan ishlangan 708 grammdan ortiq zargarlik buyumlarini olib kirishga uringani fosh qilindi. 74 turdagi kumush taqinchoqlarning umumiy qiymati dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra taxminan 14 million so‘mdan ortadi.

Ayni shu poyezdning yana bir yo‘lovchisi esa 14 turdagi 254 dona kosmetika va parfyumeriya vositalarini bojxona nazoratini chetlab olib o‘tishga uringan paytda to‘xtatib qolingan.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bojxona qoidabuzarliklari yoki bojxona xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan Toshkent shahar bojxona boshqarmasining 120-76-71 — “Ishonch telefoni” raqamiga qo‘ng‘iroq qilish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2018, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют