» » Yekaterinburgda Nexia va avtobus ishtirokidagi YTH oqibatida 24 kishi jabrlandi

Yekaterinburgda Nexia va avtobus ishtirokidagi YTH oqibatida 24 kishi jabrlandi


Rossiyaning Yekaterinburg shahrida avtobus ishtirokidagi avariya oqibatida 24 kishi jabrlandi, deb yozadi “RIA Novosti”.

29-may, seshanba kuni mahalliy vaqt bilan 16:15 da Sibir traktining yettinchi kilometrida Daewoo Nexia yengil avtomobili yo‘lovchi avtobusi bilan to‘qnashib ketdi. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida avtobus yo‘l chetidagi ariqqa qulab, ag‘darilib ketdi. Hodisa yuz berganda unda 30 kishi bor edi. IIV viloyat rahbari 17 kishi shifoxonaga yotqizilganligi haqida ma’lum qilgan.

“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 24 kishi jabrlangan, ulardan ba’zilarining ahvoli o‘rta va og‘ir darajada. Jabrlanuvchilarning soni hali aniqlanmoqda, chunki ular shifoxonalarga yotqizilmoqda”, — deydi agentlik suhbatdoshi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2018, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют