» » Navoiy viloyatida sektor rahbarlari o‘tkazgan sayyor qabullarda yuzlab masalalar ijobiy yechim topdi

Navoiy viloyatida sektor rahbarlari o‘tkazgan sayyor qabullarda yuzlab masalalar ijobiy yechim topdi


Navoiy viloyatining Qi­zil­tepa, Xa­tirchi va Uchquduq tumanlarida viloyat prokurori, ichki ish­lar va davlat soliq boshqar­masi boshliqlari to­monidan o‘tkazilgan sayyor qa­bullarda mahalla­lar­dagi yuzlab masa­la­lar ijobiy yechimini topdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

2-sektor rah­bari, viloyat prokurori X. Kari­mov Qiziltepa tuma­nidagi “Bo‘s­ton” mahalla fu­qarolar yi­g‘i­nida aholi bi­lan yuzma-yuz mu­loqot olib bo­rdi. Bu ja­rayonda 15 masala jo­yida hal etilgan bo‘lsa, qol­­gan 25 murojaat yechimi yuzasidan te­gish­li choralar ko‘rilmoqda.

Xatirchi hamda Nurota tumanlari 3-sektor rahbari, viloyat ichki ishlar boshqar­masi boshlig‘iga biriktirilgan. Aho­lining turmush tarzi va yashash sha­roi­tini yaxshilashga ko‘maklashish maq­sa­di­da boshqarma boshlig‘i R.Tursunov Nurota tumanining Temirqovuq ma­hal­lasida bo‘ldi. Sayyor qabulda yil­lar da­vomida hal etilmagan ko‘plab muam­­molar shu kunning o‘zida yechim topdi.

Shuningdek, to­morqa may­­­d­on­lari­ni su­g‘o­rishda yuzaga ke­la­yot­­gan muammo­lar, tadbirkor­lik­ni boshlash uchun kre­dit olish, yo‘l­lar­ni ta’mirlash hamda “Tez tibbiy yor­dam” xizmatining qo­­­ni­qar­sizligi borasida bildirilgan mu­­ro­jaatlar ham atroflicha o‘rganilib, ijrochilarga ularni hal etish bo‘­yicha top­­­­shi­riqlar berildi.

Xuddi shunday tadbir Xatirchi tu­ma­ni­­da ham o‘tkazildi. Unda, asosan, aho­li tomonidan ijtimoiy ko‘mak ham­da ishsizlik ma­salasi xususida muro­jaat­lar qilindi. Sayyor qabul doira­si­da mehnat yar­mar­­kasi o‘tkazilib, 40 dan or­tiq fuqaroga ishga kirish uchun yo‘llanma berildi. Shu bi­lan birga, mod­diy ko‘­makka muhtoj kishi­lar­ga nogi­ronlik ara­va­chalari ham­da dori-dar­mon­lar tarqatildi.

Uchquduq tumani viloyat dav­­lat so­liq boshqarmasi boshlig‘i rahbarligidagi 4-sektorga biriktirilgan. Sektor ta­shab­busi bilan homiy tash­kilotlar ko‘magida joriy yil­da Qulquduq hamda Aktov ovul­lari­dagi 214 xo­na­don to‘liq ta’­mir­la­nib, elektr ta’minoti yaxshilandi. Maz­kur jarayon Qul­qu­duq ovu­lidagi maktab va maktabgacha ta’­lim muas­­sa­sasi, qish­loq vrachlik punk­ti­da ham da­­vom etmoqda.

Sayyor qabul doirasida tashkil etil­gan meh­nat yarmarkasida 32 nafar fu­­­qaro ishga joylashtirilib, shu yer­ning o‘zida meh­nat shartnomalari imzo­landi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2018, 22:43)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют