» » O‘zbekistonda “Mediatsiya to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqilmoqda

O‘zbekistonda “Mediatsiya to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqilmoqda


Intellektual mulk agentligida bo‘lib o‘tgan ochiq hay’at yig‘ilishida “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, Butunjahon intellektual mulk tashkilotining soha bo‘yicha taqdim etayotgan xizmat va vositalaridan foydalanish, mualliflik huquqi va turdosh huquqlar sohasidagi tortishuvlar bo‘yicha mediatsiya (yarashtiruv) institutini joriy etish masalalari muhokama etildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Agentlik bosh direktori A. Fayzullayev va boshqalar mamlakatda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar va amalga oshirilayotgan islohotlar Intellektual mulk agentligi faoliyatini takomillashtirish hamda bu borada mavjud muammolarni hal etish talablarini qo‘yayotganini ta’kidladi.

O‘zbekiston Respublikasining “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi qonuni 2001-yilda qabul qilingan. Mazkur qonun bilan ish yuritish jarayonida vujudga kelgan muammolar tahlili va xalqaro qonunchilik normalarining o‘rganilishiga muvofiq, yig‘ilishda amaldagi qonunning 4, 7, 8, 10, 24, 25, 27, 30 va 32-moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish taklifi muhokama qilindi.

Shuningdek, “Mediatsiya to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi ko‘rib chiqilayotgani, mualliflik huquqi va turdosh huquqlar sohasida mediatsiya jarayonining amaliyotdagi o‘rni haqida ham batafsil tushunchalar berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2018, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 84) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют