» » Kembrij universitetida qora tanli talabalarning yetishmasligi ma’lum bo‘ldi

Kembrij universitetida qora tanli talabalarning yetishmasligi ma’lum bo‘ldi


Buyuk Britaniyaning Kembrij universitetida qora tanli talabalarning yetishmasligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda The Telegraph xabar qildi.

So‘nggi besh yil ichida oltita kollejga qora tanli talabalarning o‘ntadan kamroq vakili kirgan, yana bir nechta kollejga esa birorta ham qora tanli talaba kirmagan. Bundan tashqari, kollejlarning to‘rtdan biri 2015—2017-yillarda birorta ham qora tanli talabani qabul qilmagan.

Gazeta tomonidan xabar berilishicha, Muqaddas Edmund kolleji 2012—2016-yillarda qora tanlilardan kelib tushgan 30 dan ortiq arizadan birortasini ham qoniqtirmagan.

Universitet rahbariyati tomonidan ma’lum qilinishicha, o‘quv muassasasidagi kamchilikning sonini sun’iy ravishda ko‘paytirib bo‘lmaydi. Shuningdek, ma’muriyat maktablar va ota-onalarga o‘quvchilarni oliy ta’lim muassasalariga kirishga undashni tavsiya qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2018, 06:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют