» » Fransiyada noma’lum turdagi yirtqich dinozavr skeleti 2 mln dollarga sotildi

Fransiyada noma’lum turdagi yirtqich dinozavr skeleti 2 mln dollarga sotildi


Shu paytgacha noma’lum bo‘lgan turga taalluqli yirtqich dinozavr skeleti 4-iyun kuni Parijdagi Aguttes auksion uyida kimoshdi savdosida 2,3 million dollarga sotildi, deb yozadi “TASS”. Skeletning uzunligi to‘qqiz metr, balandligi 2,6 metrga yetadi.

Xaridor fransiyalik bo‘lib, u lotni sotib olishga muvaffaq bo‘lsa, eksponatni ommaga taqdim etishini aytgan. “Uni hamma ko‘rishi mumkin bo‘ladi, tez orada u muzeyga qo‘yiladi va uni olimlar o‘rganishni boshlaydi”, — dedi auksion uyi rahbari Klod Agyutt.

Xaridor va sotuvchi (britaniyalik biznesmen)ning ism-shariflari oshkor etilmayapti.

Yirtqich dinozavrning qoldiqlari 2013-yilda AQShning Vayoming shtatidan topilgan. Skeletning yoshi 150 million yil deb baholanmoqda va u yaxshi saqlangan — arxeologlar suyaklarning qariyb 70 foizini topishga muvaffaq bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2018, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 44) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют