» » AQSh kam quvvatga ega yadro qurollarini yaratishni boshladi

AQSh kam quvvatga ega yadro qurollarini yaratishni boshladi


AQSh kam quvvatga ega yadro qurollari uchun talablarni belgilab, uni yaratishni rejalashtirishga kirishdi. Bu haqda Pengaton matbuot kotibi Mishel Baldanza Warrior Maven nashriga ma’lum qildi.

“Yadroviy qurol kengashi yig‘ilish o‘tkazdi va ishlab chiqarish borasidagi reja loyihasini maqulladi. Kengash Milliy yadroviy xavfsizlik boshqarmasiga tegishli hajm, grafik va xarajatlarni hisoblab chiqishga kirishishga ruxsat berdi”, — deydi AQSh Mudofaa vazirligi vakili.

Amerika olimlari federatsiyasi Yadro qurollari axborot loyihasi direktori Gans Kristensen yangi yadroviy kallaklar loyihasi haqida batafsil ma’lumot berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, W76-2 ichidan termoyadroviy yoqilg‘isi olib tashlangan (uran, litiy va deytariy) termoyadroviy kallaklar asosida yaratiladi. Natijada yangi kallakda W76-1’dan farqli o‘laroq faqatgina plutoniyli trigger qoladi. Shuningdek, yangi qurolning energiya sarfi 100 dan 5—6 kilotonna trotil ekvivalentiga qadar pasaytiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2018, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 82) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют