» » O‘zbekiston Yevropa Ittifoqidan yanada ko‘proq imtiyozlar olishga harakat qiladi

O‘zbekiston Yevropa Ittifoqidan yanada ko‘proq imtiyozlar olishga harakat qiladi


Tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Bryusselga jo‘nab ketdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “Xalq so‘zi”.

Delegatsiya O‘zbekiston — Yevropa Ittifoqi Hamkorlik kengashining 15-majlisida va Yevroittifoq iqtisodiyot, savdo va investitsiyalar bo‘yicha quyi qo‘mitasi 13-majlisida ishtirok etadi. Tadbirlar 5—8-iyun kunlari bo‘lib o‘tadi.

Delegatsiya tarkibiga Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Shuhrat Vafoyev, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz direktori Akmal Saidov, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi Ilhom Haydarov va Adliya vaziri o‘rinbosari Akbar Toshqulov kirgan.

Tashrif davomida Yevropa Ittifoqi mamlakatlari ishbilarmonlari doiralari — Flandriya investitsiya va savdo agentligi, Yevropa savdo-sanoat palatalari uyushmasi, Valloniya eksport va investitsiya agentligi vakillari, shuningdek, Yevroparlament deputatlari bilan uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Bundan ko‘zlangan maqsad Yevropa Ittifoqidan ko‘proq tarif preferensiyalari olishdir. Ayni paytda O‘zbekiston Yevroittifoqqa 3000 nomdagi tovarni davlat bojisiz va 3200 ta mahsulot turini pasaytirilgan stavkalarda eksport qilish imkoniyatiga ega.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2018, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют