» » Bekobodda uch marta sudlangan shaxs profilaktika inspektoriga pichoq urdi

Bekobodda uch marta sudlangan shaxs profilaktika inspektoriga pichoq urdi


Toshkent viloyatining Bekobod tumanida yashovchi N.B. 3-iyun kuni tuman IIBga qo‘ng‘iroq qilib, uning uyi oldida Sardor ismli shaxs mast holda janjal ko‘tarib, bezovta qilayotganligini bildirib, yordam so‘radi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qildi.

Mazkur xabar yuzasidan shu hududga xizmat ko‘rsatuvchi tuman IIB profilaktika inspektori B.A. voqea joyiga kelib, Bekobod shahrida yashovchi, muqaddam 3 marta sudlangan S.R.ni tartibga chaqirganda u inspektorning ko‘kragiga pichoq urib, voqea joyidan qochib ketadi.

Profilaktika inspektori jarohat olib, kasalxonaga yotqizildi. Ko‘rilgan choralar natijasida S.R. qo‘lga olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2018, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют