» » Farg‘onada 35 nafar bola Janubiy koreyalik jarrohlar tomonidan plastik operatsiya qilindi

Farg‘onada 35 nafar bola Janubiy koreyalik jarrohlar tomonidan plastik operatsiya qilindi


Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazida “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi tomonidan bemor bolalarni bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va jarrohlik yo‘li bilan davolash maqsadida xayriya aksiyasi o‘tkazildi. Unda Janubiy Koreyaning Yonsey universiteti professorlari hamda “Severance” gospitalining malakali jarrohlari qatnashdi. Bu haqda “Daryo”ning Farg‘onadagi Azizjon Ermatov muxbiri xabar berdi.

Koreyalik mutaxassislar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti shifokorlari bilan 400 nafarga yaqin tug‘ma nuqsonlar, kuyish va turli operatsiyalar asoratlaridan aziyat chekayotgan bemor bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi.

Kam ta’minlangan oilalar farzandlari, “Muruvvat uyi” tarbiyalanuvchilari hamda jiddiy nuqsonli 35 nafar bemor bola Park Byong Yung, Kim Yong Uk, Chang Yong Un kabi koreyalik professorlar ko‘magida operatsiya qilindi va sog‘lom hayotga qaytarildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2018, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют