» » Imom Buxoriy nomidagi xalqaro stipendiya ta’sis etiladi

Imom Buxoriy nomidagi xalqaro stipendiya ta’sis etiladi


Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Turkiyadan kelgan islomshunos olimlar ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Samarqand viloyat hokimligining Facebookdagi sahifasida ma’lum qilindi.

Turkiyaning nufuzli oliy o‘quv yurtlaridan kelgan 30 dan ortiq professor-o‘qituvchi o‘z davlatlarida islom dinining o‘qitilishi va foydalaniladigan adabiyotlar, manbalar haqida ma’lumot berdi.

Tadbir davomida Imom Buxoriy ilmiy tadqiqot markazi va Turkiyaning Istanbul universiteti ilohiyot fakulteti, Ibn Xaldun, Kastomono va Istanbul zain universitetlari o‘rtasida ilmiy hamkorlik va mutaxassislar almashinuvi bo‘yicha memorandum imzolandi.

Ushbu memorandum asosida kelajakda o‘zaro kadrlar almashish va Turkiya fondlarida saqlanayotgan noyob qo‘lyozma asarlarini o‘rganish, ularni o‘zbek tiliga tarjima qilish va xalqqa yetkazish asosiy maqsad qilingan.

Bundan tashqari, buyuk allomalarning ilmiy merosini o‘rganayotgan tadqiqotchilarga turkiyalik professor-o‘qituvchilar, ularning ilmiy ishlariga esa o‘zbek olimlari rahbarlik qilishi ham rejalashtirilgan.

Xalqaro tadqiqot markazi tomonidan Imom Buxoriy xalqaro stipendiyasini ta’sis etib, buyuk muhaddis ilmiy merosini o‘rganayotgan boshqa davlatlardagi tadqiqotchilarni rag‘batlantirib borish ham ko‘zda tutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2018, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют