» » Isroilda bosh vazirga suiqasdning oldi olindi

Isroilda bosh vazirga suiqasdning oldi olindi


Isroil xavfsizlik xizmati mamlakat bosh vaziri Binyamin Netanyaxuga suiqasd uyushtirishni rejalashtirgan terrorchilarni qo‘lga olganligini ma’lum qildi. Bu haqda Haaretz nashri xabar berdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Terrorchilarni qo‘lga olish bo‘yicha maxsus operatsiya 24-aprel kuni o‘tkazilganligi xabar qilinmoqda. Jumladan, falastinlik qochqinlar lagerida yashovchi Muhammad Jamol Rashde va ismlari oshkor etilmagan boshqa gumonlanuvchilar hibsga olingan.

Xavfsizlik xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, terrorchilarni Suriya hududidan Falastinni ozod etish xalq fronti boshqargan. Biroq guruh a’zolari terakt tashkilotchilaridan pul olmagan, bunga ularning suiqasdni rejalashtirishning boshlang‘ich bosqichida qo‘lga olinganligi sabab bo‘lgan.

Kontrrazvedka ma’lumotlariga ko‘ra, terrorchilar Amerikaning Quddusdagi elchixonasiga hujum uyushtirish, shuningdek, Netanyaxu, Quddus meri Nir Barkat va boshqa yuqori mansabdorlarga suiqasd uyushtirishni rejalashtirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2018, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 1) ( 97) ( 1)
Юзеры:
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...