» » Namanganda o‘zbek-qozoq ijodkorlari to‘plami chop etildi

Namanganda o‘zbek-qozoq ijodkorlari to‘plami chop etildi


“Namangan” nashriyoti tomonidan tayyorlangan “Qardoshlik rishtalari” nomli yangi to‘plam kitobxonlar qo‘liga yetib bordi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

“Qardoshlik rishtalari” kitobining chop etilishi Namangan viloyati hokimligi va adabiy jamoatchiligi hamkorligida o‘zbek va qozoq xalqi ijodkorlarini bir-biriga yaqinlashtirish yo‘lidagi qadamlardan biri bo‘ldi, deyiladi xabarda.

“Shu yil Navro‘z bayrami arafasida Janubiy Qozog‘iston viloyatining ‘Iste’dod’ adabiy birlashmasi a’zolaridan bir guruhi viloyatimizda ijodiy safarda bo‘ldi, — deydi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Namangan viloyati bo‘limi mas’ul kotibi, shoir Jamoliddin Muslim. — Mehmonlar shahar va tumanlarda uchrashuv va mushoiralar o‘tkazdi. ‘Qardoshlik rishtalari’ kitobiga ana shu ijodiy davralarda o‘qilgan she’rlar, ulardan olingan taassurotlar aks etgan maqolalar jamlandi”.

Yozuvchilar uyushmasi Namangan viloyati bo‘limi tomonidan nashrga tayyorlangan to‘plamdan O‘rmon Sobir, Avaz Qo‘zi, Hurbuvi Odilova, Abdulla Jalil, Jamoliddin Muslim, Boqiy Mirzo, Dilbar Haydarova kabi o‘nlab namanganlik va qozog‘istonlik shoir va adiblarning ijod namunalari joy olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2018, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют