» » “Manchester Yunayted”dan navbatdagi yurish. Joze Mourinyo jamoasi rasman braziliyalik Fredni sotib oldi

“Manchester Yunayted”dan navbatdagi yurish. Joze Mourinyo jamoasi rasman braziliyalik Fredni sotib oldi


“Manchester Yunayted” “Shaxtyor”? yarim himoyachisi Fredni sotib olgani haqida e’lon qildi. Bu haqda klub rasmiy saytida xabar berildi.

Tomonlar braziliyalik yarim himoyachi transferi bo‘yicha yakuniy kelishuvga erishgan. Klublar hozircha kelishuvning barcha jihatlarini oshkor etmadi, biroq “Yunayted” 25 yoshli xavbek uchun 60 million yevro atrofidagi mablag‘ to‘lashi avvalroq xabar qilingandi.

Fred “qizil iblislar” bilan 5 yillik shartnoma tuzadi, uning yillik maoshi miqdori 5 million yevroga teng bo‘ladi.

Braziliyalik futbolchi “Shaxtyor”da 5 yildan beri to‘p surib kelayotgandi. Xavbek “konchilar” safida jami 155 o‘yin o‘tkazib, jami 15 gol urgan va 15 golli uzatmani amalga oshirgan.

Ma’lumot uchun Fredga Xosep Gvardiola boshchiligidagi “Manchester Siti” ham qiziqish bildirgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2018, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют