» » O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari, moliya vaziri Jahon banki vakillari bilan uchrashdi

O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari, moliya vaziri Jahon banki vakillari bilan uchrashdi


O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari, moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov Jahon banki vakillari bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Uchrashuvda Jahon bankining Iqtisodiy konsultantlar kengashi konsultanti Denni Leypsiger, bankning Markaziy Osiyo bo‘yicha yetakchi iqtisodchisi Xulio Revilya, Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Xideki Mori hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi xodimlari ishtirok etdi.

Jahon banki O‘zbekiston Respublikasi uchun Iqtisodiy kengash tashkil etishda ko‘maklashishni rejalashtirgan. Ushbu Iqtisodiy kengash uchun texnik topshiriqni ishlab chiqish maqsadida O‘zbekiston hukumati bilan ishlash uchun Jahon banki tomonidan Sharqiy Osiy, Lotin Amerikasi va Karib dengizi mintaqalarida shunday kengashlarda ishlab, boy tajriba orttirgan Jahon bankining sobiq vitse-prezidenti, konsultant Denni Leypsiger ham tashrif buyurgan. Denni Leypsiger – Jorj Vashington universitetida xalqaro biznes va xalqaro munosabatlar professori, Taraqqiyot masalalari bo‘yicha muloqotning boshqaruvchi direktori.

Uchrashuvda Janob Leypsiger bunday kengashlarni tashkil etish borasidagi xalqaro tajriba hamda ushbu kengash tomonidan amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan islohotlar dasturi to‘g‘risida so‘zlab berdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishini yanada jadallashtirishning asosiy omillari muhokama qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2018, 21:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют