» » Tojikistonda sel toshqinlari zarari 2 million dollardan oshdi

Tojikistonda sel toshqinlari zarari 2 million dollardan oshdi


Tojikistonda to‘xtamasdan yog‘ayotgan kuchli yomg‘ir oqibatida yuzaga kelgan sel toshqinlari zarari 2 million dollardan oshdi. Bu haqda EADaily xabar bermoqda.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, uch nafar mahalliy aholi halok bo‘lgan.

Kuni kecha, 4-iyun kuni maxsus komissiya tabiiy ofat oqibatida yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash bo‘yicha o‘z ishini yakunladi. “Tabiiy ofat 16-maydan 21-maygacha viloyatning to‘rtta tumanida kuchaydi va 19,5 million somoniy (2 million dollardan ortiq) zarar yetkazdi”, — deydi Xatlon viloyati hukumati xodimi Faridun Davlatov.

Tojikiston hukumati qoshidagi favqulodda vaziyatlar va fuqarolar mudofaasi qo‘mitasining ma’lum qilishicha,  suv toshqini va sel oqibatida Farxor va Panjda 30 dan ortiq uy to‘liq vayron bo‘lgan, yuzlab binolar va tomorqa uchastkalari suv ostida qolgan, yo‘llar vayron bo‘lgan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Panj tumanida sel oqibatida ikki nafar bola qurbon bo‘lgan. Biroq jabrlangan qishloqlar aholisi sel olti kishining o‘limiga sabab bo‘lganligini bildirmoqda. Hozirgi paytda sel toshqinidan so‘ng bedarak yo‘qolganlarni qidirish ishlari davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2018, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют