» » Namanganda akademik litsey va kollej o‘quvchilari o‘rtasida “Eng iste’dodli kitobxon” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari aniqlandi

Namanganda akademik litsey va kollej o‘quvchilari o‘rtasida “Eng iste’dodli kitobxon” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari aniqlandi


Namanganda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida  “Eng iste’dodli kitobxon” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Viloyat hokimligi, viloyat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, matbuot va axborot boshqarmalari, kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda o‘quvchilar kitobxonlik madaniyati bo‘yicha bahslashdi.

Tanlov ishtirokchilari ijtimoiy-siyosiy sohaga oid va badiiy kitoblar, she’riyat, kitoblar tavsiya qilish borasidagi bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.

O‘quvchilarning kitob o‘qishga qiziqishini oshirish, o‘zbek va jahon adabiyoti haqidagi bilimlarini boyitishga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan tanlovda Namangan madaniyat kolleji o‘quvchisi A. Ravshanova birinchi, Uchqo‘rg‘on pedagogika kolleji o‘quvchisi N. Yahyopo‘latova ikkinchi, Norin akademik litseyi o‘quvchisi R. Abdulhamidova uchinchi o‘rinni egalladi.

G‘olib va sovrindorlarga diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2018, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют