» » Qozonda “Port” savdo markazida yong‘in yuzaga keldi

Qozonda “Port” savdo markazida yong‘in yuzaga keldi


5-iyun kuni Tatariston poytaxtidagi “Port” savdo markazida yong‘in yuzaga keldi. Bu haqda EADaily xabar bermoqda.

Savdo markazida yong‘in yuzaga kelganligi haqidagi xabar mahalliy vaqt bilan 8:22 da kelib tushdi. Uni bartaraf etishga 319 kishi va 74 ta texnika jalb qilingan. Rossiya FVV hududiy markazi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, savdo markazidagi yong‘in oqibatida hech kim jabrlanmagan. Binodan 20 nafar xodim va qo‘riqchi evakuatsiya qilingan.

“RIA Novosti”ning xabar berishicha, yong‘inni o‘chirish uchun yetti soatga yaqin vaqt sarflangan, u kechga yaqin o‘chirilgan.

Yong‘in maydoni bir necha soatda 20 kvadrat metrdan 200 kvadrat metrgacha oshib, yuqori harorat tufayli o‘t o‘chiruvchilar uzoq vaqt davomida yong‘in o‘chog‘iga yaqinlasha olmagan. Oqibatda yong‘in tarqalgan hudud 2,8 ming kvadrat metrni tashkil etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2018, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют