» » Samarqandda bank xodimi firibgarlikka qo‘l urdi

Samarqandda bank xodimi firibgarlikka qo‘l urdi


“Mikrokreditbank” ATB Bulung‘ur filiali kreditlash bo‘limi boshlig‘i, boshqaruvchi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan Bahrom Meliqulov kredit hujjatlarini soxtalashtirib, mablag‘larni o‘zlashtirdi.

Bahrom Meliqulov Bulung‘ur iqtisodiyot va servis kasb-hunar kolleji o‘qituvchisi F.Jiyanmurodovning imtiyozli shartlarda kredit olish istagini bilib, 2016-yilda kollej bitiruvchilarining ro‘yxati, kredit olishni so‘rab yozgan arizalarini oladi.

Hujjatlarni bank kredit bo‘limi ko‘rib chiqish jarayonida fuqaro M.Hatamovaning kredit olish istagidan voz kechgani va bankka kelmaganidan foydalanib, uning nomiga ajratilgan 6 million 500 ming so‘mni o‘zlashtirib oladi va soxta hujjatlar bilan “Fozil Gapparovich dalasi” fermer xo‘jaligining hisob raqamiga ko‘chirib berilishiga erishadi. Evaziga olingan 1,5 ming kilogramm kartoshka urug‘ini ishlatib yuboradi.

34 yashar B. Meliqulov “Nebo‘sa” MFY, “Quriqozon” qishlog‘ida yashab kelgan. Bir necha yil davomida “Mikrokreditbank” ATB Bulung‘ur filialining kreditlash bo‘limi xodimi sifatida ishlagan. Bulung‘ur iqtisodiyot va servis kasb-hunar kolleji bitiruvchisi M.Hatamovaning kredit hujjatlari ko‘rib chiqilayotgan vaqtda bankka kelmagan va kreditda voz kechganiga qaramay, unga kredit mablag‘i ajratish maqsadga muvofiqligini muhokamaga kiritgan.

Bitiruvchi M.Hatamova kartoshka urug‘i sotib olish uchun kredit hujjatlarini to‘g‘rilashda 51-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi Quvondiq Alimovning kafillik hujjatlarini ham topshirgan edi. B.Meliqulov mansab mavqeini suiiste’mol qilib soxtakorlik jinoyatiga qo‘l urdi.

Sudlanuvchining g‘arazli niyatdagi qilmishi og‘irlashtiruvchi holatga sabab bo‘lishi inobatga olinib, sud hukmi bilan mansabdorlik vazifasida ishlash huquqidan mahrum qilindi va uch yil muddatga ahloq tuzatish jazosi tayinlandi.

B.Meliqulov yetkazilgan zarar o‘rnini to‘liq qopladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2018, 00:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют