» » Hayot paydo bo‘lishi haqidagi qotib qolgan tasavvurlar rad etildi

Hayot paydo bo‘lishi haqidagi qotib qolgan tasavvurlar rad etildi


AQShning Chikago universiteti olimlari Yerning qit’a qobig‘i Quyosh tizimi shakllanganidan keyin, 350 million yil avval shakllangani haqidagi dalillarni topdi. Bu sayyorani olimlar hisoblaganidan ko‘ra ancha avval hayot uchun qulay holatga keltirgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda “Phys.org” tomonidan ma’lum qilingan.

Yerning kontinental qobig‘i tirik organizmlar paydo bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan minerallarga boy yosh vulqon jinslaridan shakllangan. Ayni paytda yer qobig‘ida qadimgi davrlardan saqlanib qolgan minerallarning juda kam miqdori mavjud, bu esa sayyoraning geologik qatlami shakllanishi jarayonini o‘rganishni qiyinlashtiradi.

Olimlar o‘tkazgan tahlillar sayyora qobig‘ining 4,2—4,4 milliard yil avval qattiq bo‘lganini ko‘rsatgan. Bu esa yer qobig‘i sayyora shakllanganidan keyin bir yarim milliard yil davomida qaynoq va quruq bo‘lgani haqidagi an’anaviy tasavvurga teskari hisoblanadi.

Kontinental qobiq atmosferada yuz beruvchi jarayonlar, dengiz suvi tarkibi va hayot rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan ozuqa moddalarining mavjudigiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Qobiqning mavjudligi Yerning asteroidlar tomonidan bombardimon qilinishi kuchli bo‘lmaganidan guvohlik beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2018, 07:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 47) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют