» » Chet elliklar O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalariga test sinovlarisiz o‘qishga qabul qilinadi

Chet elliklar O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalariga test sinovlarisiz o‘qishga qabul qilinadi


Xorijiy fuqarolar 2018/2019-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul qilish kvotalaridan tashqari suhbat asosida test sinovlarisiz o‘qishga qabul qilinadi. Bu O‘zbekiston Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan.

Tashqi ishlar vazirligiga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralarning viza talabnomalariga asosan o‘qishga kirish istagini bildirgan xorijiy fuqarolarning kirish vizalarini konsullik va boshqa to‘lovlarni undirmagan holda rasmiylashtirish topshirildi.

Qarorga muvofiq, O‘zbekistonda аlohida ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qish muddati kamida uch yil bo‘lgan bakalavriat hamda kamida bir yil bo‘lgan magistratura joriy etiladi. Bunda magistraturada mutaxassislar tayyorlash ishlab chiqarish (amaliy, kamida bir yil) va ilmiy-pedagogik (kamida ikki yil) yo‘nalishlarga ixtisoslashgan dasturlar asosida tashkil etiladi.

Tayanch (yetakchi) oliy ta’lim muassasalari tegishli ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv rejalari va dasturlarini kadrlar buyurtmachilarining ehtiyojlaridan kelib chiqib, mustaqil ravishda ishlab chiqadi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlaydi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga tasarrufida oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar bilan birgalikda:

Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash, baholash tizimi va mezonlarini uzluksiz ta’lim tizimining bosqichlariga muvofiqlashtirish, ta’lim yo‘nalishlarining o‘ziga xos jihatlarini inobatga olgan holda talabalar bilimini baholashning zamonaviy, shaffof va adolatli (avtomatlashtirilgan, portfolio, test sinovlari, ijodiy ish, antiplagiat va hokazo) usullarini, shu jumladan, muayyan fandan dars bergan pedagogning yakuniy nazorat jarayonlaridagi ishtirokini istisno etadigan tizimni joriy etish, semestr yakuni bo‘yicha akademik qarzdor talabaning qayta topshirishi mumkin bo‘lgan fanlar sonini belgilashga va ularni topshirish muddatini o‘zgartirishga qaratish;

2018-yil 1-dekabrgacha bo‘lgan muddatda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlash;

2019/2020-o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarida “talabaning o‘zlashtirish darajasi — professor-o‘qituvchilar faoliyatini baholashning asosiy mezoni” tamoyilini joriy qilishning aniq mexanizmlarini belgilash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘rish, bunda ushbu tamoyil talablariga javob bermaydigan professor-o‘qituvchilar bilan mehnat shartnomasini bekor qilishgacha bo‘lgan choralar ko‘rish;

Oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining vaqtini o‘quv jarayoniga xos bo‘lmagan ishlarga sarflashning oldini olish hamda ularni talabalar bilan ko‘proq ishlashga yo‘naltirish, shu jumladan, “ustoz — shogird” tizimini joriy etish maqsadida o‘quv yuklamalarini hisobga olgan holda professor-o‘qituvchilar vaqt me’yorlarining yangi mexanizmlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2018, 07:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют