» » Toshkentda Makro supermarketi yaqinida ro‘y bergan YTHda 2 kishi halok bo‘ldi

Toshkentda Makro supermarketi yaqinida ro‘y bergan YTHda 2 kishi halok bo‘ldi


Toshkent shahrining Yashnobod tumanida 4-iyun kuni ikki kishining o‘limiga sabab bo‘lgan YTH ro‘y berdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Shu kuni Yunusobod tumanida yashovchi M.Sh. VAZ-2106 rusumli mashinasini Farg‘ona yo‘li ko‘chasida joylashgan Makro supermarketi oldida haydab ketayotib, qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan Jizzax shahrida yashagan N.M. boshqaruvidagi Matiz bilan to‘qnashuv sodir etdi.

Hodisa oqibatida VAZ-2106 yo‘lovchisi R.Sh. jarohat olib, voqea joyida, Matiz haydovchisi N.M. kasalxonaga keltirilganida hayotdan ko‘z yumdi.

Shuningdek, VAZ-2106 haydovchisi M.Sh. va uning 3 nafar yo‘lovchisi jarohat olib, kasalxonaga yotqizildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2018, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют