» » O‘zbekistonda avtomobillar oynasini qoraytirishga hozircha ruxsat berilgani yo‘q

O‘zbekistonda avtomobillar oynasini qoraytirishga hozircha ruxsat berilgani yo‘q


O‘zbekistonda avtomobillar oynasini qoraytirishga ruxsat berish haqidagi ommaviy murojaat “Mening fikrim” portalida 10 mingdan ziyod ovoz to‘pladi. Bu haqda Adliya vazirligi eslatib o‘tmoqda.

Endi mavjud tartibga asosan mazkur murojaat Oliy Majlis tomonidan ko‘rib chiqilishi va 60 kun ichida tegishli qaror qabul qilinishi lozim.

Adliya vazirligi tomonidan manfaatdor vazirlik, idoralar bilan hamkorlikda mazkur masala o‘rganib chiqilmoqda. Vakolatli organ tomonidan tegishli qaror qabul qilinmagunga qadar avtotransport vositasi oynasini qoraytirish mumkin emas.

Amaldagi avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari bo‘yicha xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentga muvofiq, barcha transport vositalarida old, yon va orqa tomondagi oynasining yorug‘lik o‘tkazishi kamida 70 foizni tashkil etishi kerak.

Haydovchining o‘rindig‘idan tashqari o‘rindiqlar soni 8 tadan oshmaydigan avtotransport vositalarining orqa oynasida har ikki tomonda orqa tomonni ko‘radigan tashqi ko‘zgu mavjud bo‘lgan taqdirda pardalar, shuningdek chiy pardalar va darpardalar bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2018, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют