» » O‘zbekistonda izlanayotgan shaxs manzilini aniqlash xizmati ishga tushirildi

O‘zbekistonda izlanayotgan shaxs manzilini aniqlash xizmati ishga tushirildi


Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali manzil-ma’lumot axborotlarini taqdim etish davlat xizmati respublika miqyosida ishga tushirildi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Yanvar oyida mazkur xizmat sinov rejimida Toshkent shahri uchun ishga tushirilgandi.

Xizmatdan foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida Yagona identifikatsiya tizimi orqali (OneID) ro‘yxatdan o‘tish lozim. OneID tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tish chog‘ida akkauntni tasdiqlash talab etiladi.

Manzil-ma’lumot haqidagi so‘rov uch kun ichida taqdim etiladi. Bunga IIV hududiy boshqarmalari manzil-ma’lumot byurolari safarbar etiladi. Xizmatdan foydalanish bepul.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2018, 10:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют