» » Qashqadaryoda shartli jazo muddatini o‘tayotgan mahkum Nexia olib qochdi

Qashqadaryoda shartli jazo muddatini o‘tayotgan mahkum Nexia olib qochdi


Qashqadaryo viloyati, Muborak tumanida yashovchi, 2016-yil 3-mart kuni o‘g‘irlik jinoyati uchun sudlangan va jazo muddatini shartli ravishda o‘tayotgan mahkum F.T. yana jinoyatga qo‘l urdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

U joriy yil 3-iyun kuni Zarbuloq mahallasi hududida qarovsiz qoldirilgan B.J.ga tegishli Nexia rusumli avtomashinani haydab qochdi.

“Qarshi—Nukus” yo‘lining 112-kilometrida ketayotganda boshqaruvni eplay olmay yo‘l chetiga ag‘darilib ketadi va mashinani tashlab, voqea joyidan yashirinadi.

Ko‘rilgan choralar natijasida F.T. Koson tumani hududida qo‘lga olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2018, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют