» » Nukus shahar prokuraturasi 3 oydan buyon muammo bo‘lib kelayotgan ichimlik suvi masalasini ijobiy hal etib berdi

Nukus shahar prokuraturasi 3 oydan buyon muammo bo‘lib kelayotgan ichimlik suvi masalasini ijobiy hal etib berdi


Nukus shahar prokurori sektoridagi Taslaq MFYdagi 5 ta ko‘chaga prokuratura tashabbusi bilan homiylik hisobidan 570 metr ichimlik suvga mo‘ljallangan polietilen truba tashlab berildi. Natijada 3 oydan buyon muammo bo‘lib kelayotgan suv masalasi ijobiy hal qilindi hamda 58 ta xonadonga ichimlik suvi yetkazildi, deb xabar beradi “KRuz.uz”.

“Biz Taslaqdagilar birgalikda sektor rahbariga murojaat bilan chiqdik. Bizning ko‘chamizga 3 oydan buyon bir tomchi ham suv kelmayotgan edi. Murojaatdan so‘ng 1 hafta ichida muammo hal etib berildi. Oldin ichimlik suvi muammo bo‘lgan bo‘lsa, hozir ekinlarni sug‘orish uchun ham suv yetib keldi”, — deydi fuqarolardan biri.

Shuningdek, shahar prokuraturasi tashabbusi bilan ushbu sektordagi yana bir ko‘chaga 5 ta elektr stolbasi qo‘yib berildi hamda 8 ta xonadon xavfsiz elektr tarmog‘iga ulandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2018, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют