» » O‘zMUda Turkiya universitetlari bilan hamkorlikda qo‘shma fakultet ochiladi

O‘zMUda Turkiya universitetlari bilan hamkorlikda qo‘shma fakultet ochiladi


5-iyun, seshanba kuni Turkiyaning Ibn Xoldun universiteti rektori Rejep Shenturk, Istanbul Zaim universiteti rektori Mehmet Bulut va Istanbul universiteti professori Murtazo Bedirlardan iborat delegatsiya Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

O‘zMU rektori Avazjon Marahimov O‘rta Osiyoning Movarounnahr mintaqasi, Shosh (hozirgi Toshkent shahri), Buxoro, Kesh kabi shaharlari bo‘yicha ilmiy tadqiqot olib borish istiqbollari haqida gapirdi. Shuningdek, A.Marahimov turk professorlari va talabalarining O‘zbekistonda tadqiqot olib borishlari uchun imkoniyatlar yaratilishini qayd etdi.

O‘zMU, Istanbul Zaim universiteti va Istanbul universiteti o‘rtasida memorandumlar imzolandi. Unga ko‘ra, universitetlar o‘rtasida iqtisodiyot, menejment, tarix, psixologiya, sotsiologiya, biznes kommunikatsiyasi va mediatexnologiyalari sohalari bo‘yicha professor-o‘qituvchilar hamda talabalar almashinuvi amalga oshiriladi.

Shuningdek, O‘zMUda qo‘shma fakultet tashkil etishga qaror qilindi. Fakultetda O‘zMU va Turkiya oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari hamkorlikda faoliyat ko‘rsatadi. Fakultetni tamomlaganlarga ikki mamlakat universitetlarining qo‘shma diplomi beriladi.

Avvalroq, 2018-yil aprel oyida Milliy universitetning xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Rasul Rahmonov Turkiyaga safari davomida 4 ta oliy ta’lim muassasasi bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish yuzasidan memorandum imzolagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2018, 12:57)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют